Xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida institutimizga Belarus milliy fanlar akademiyasining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-amaliy Markazi direktori Yakovchik Sergey Vladimirovich tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida S.V.Yakovchik Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida S.V.Yakovchik yig‘ilganlarga Belarus milliy fanlar akademiyasining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-amaliy Markazi, markazda shu kungacha yaratilgan qishloq xo‘jaligi texnika vositalari, bugungi kunda olib borilayotgan tadqiqotlar, xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berib, TIQXMMI bilan ham qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari bo‘yicha yig‘ilganlar bilan fikr almashdi.

Shundan so‘ng S.V.Yakovchik  talabalarga va boshqa qiziquvchan tinglovchilarga “Aniq dehqonchilik” (Precision agriculture)mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza tinglovchilarda katta taacsurot qoldirdi va hozirgi kunda qishloq xo‘jaligidagi innovatsion yo‘nalish haqida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 

“Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi mudiri K.D.Astanaqulov

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov